Янгиликлар
14
Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida "Gender tengligining asoslari va ta'limda gender yondashuvini qo'llash" mavzusida trening bo'lib o'tdi.
Ta'kidlash joiz, mazkur trening o'qituvchilarning gender tengligi masalalari bo'yicha huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, fanlarni o'qitishda gender yondashuvini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Ushbu tadbir texnikum o'qituvchilarining huquqiy bilimlarini oshirish barobarida, ular uchun erkin muloqot minbari bo'ldi. Jarayonda raqobatga kirishildi, fikr almashildi,- deydi Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direkrori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Jahongir Xolbayev.
Trening USAID tashkiloti treneri Dilfuza Reyimbayeva tomonidan o'tkazildi.