Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Omon boʻling, sodiq vatan posbonlari


Bugun 14-yanvar - O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tadbir tashkil etildi.

Boshqarmaning alp yigitlari harbiylar haqida yangragan musiqa sadolari ostida bu kun o‘zgacha kutib olindi, yangi ish kuni bayramona kayfiyatda boshlandi.

Boshqarma xotin-qizlar jamoasi bayram tabrigini she’riy tarzda yo‘lladilar.

Bildirilgan dil izhorlarida mard va jasur yurt posbonlarining vatanimiz, oilamiz  tinchligi, el osoyishtaligi, turmushimiz farovonligi yo'lidagi mehnatlari alohida e’tirof etildi.

Jaloliddin qoni oqar qoningizda,

Temur ruhi bordir mudom yoningizda,

Alyor aytay bugun joʻshib shaʼningizda, 

Hur elimning burgut, lochin, arslonlari,

Omon boʻling, sodiq vatan posbonlari.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni, mard va jasur vatan posbonlarini ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlarlar tilaymiz. Aziz boshingiz omon bo’lsin! 


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat boo'limi