Янгиликлар
#adliya_shonli_30_yil
Eʼtibor, eʼtirof, ragʻbat. Insonning umri davomida qilgan eng muhim tanlovi - tanlagan kasbi ortidan soha faoliyatidagi samarali mehnatlari, fidoyiligiga beriladigan munosib baho.
8-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda ushbu jihatlar oʻz ifodasini topdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattarov yigʻilganlarni bayram bilan qutlar ekan, 30 yil davomida adliya sohasida amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholiga samarali va sifatli xizmat koʻrsatishda adliya organlarining tutgan oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, koʻp yillik samarali va fidokorona mehnatlari uchun adliya, davlat xizmatlari boshqarmalarida, FHDYO, notariat, advakatura organlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar va faxriylarga “Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
- Kasbini sevgan insonni ishida unum boʻladi, baraka boʻladi. Salkam 10 yildirki, adliya sohasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Bugun kamtarona mehnatlarim yuqori baholanib, esdalik nishoni bilan taqdirlandim. Bu kelgusi faoliyatimda menga yanada kuch-gʻayrat, shijoat beradi, - deydi Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Jahongir Shamirzayev.
- Bilasizmi, FHDYO xodimining baxti nimada? Ular oila atalmish muqaddas qoʻrgʻonni barpo etishda hissa qoʻshadi, yangi oilalarni katta hayotga yoʻllaydi. Uzoq yillar FHDYO boʻlimida mudira boʻlib ishladim. Shu kasbni tanlaganim bu mening baxtim, bu mening faxrim. Bugun “Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandim. Eʼtibordan behad mamnunman, - deydi adliya faxriysi Goʻzal Dariyeva.
Shuningdek, tadbirda Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi B.Artikov barchani bayram bilan tabriklab, sohada erishilgan yutuqlarni alohida eʼtirof etdi.
Ayniqsa, faxriylar va taqdirlanganlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, minnatdorchilik soʻzlari barchada katta taassurot qoldirdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi