Янгиликлар
07
#Adliya_shonli_30_yil
Adliya –-arabcha “adl” – adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, odillik, xolislik kabi maʼnolarni anglatadi. Demak, adliya idoralarining tashkil etilishidan maqsad adolatni, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-314-son Farmoni bilan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solindi.
Sana munosabati bilan Bojxona boshqarmasida “Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi D.Umurzoqova, Guliston shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshlig'i U.Tursunmurotov, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Dilshod Xudoyberdiyevlar ishtirok etib, adliya vazirligi tarixi, vazirlikning bugungi kundagi faoliyat yo‘nalishlari, ustuvor vazifalari, missiyasi haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbir mobaynida adliya tizimining jamiyat va xalq farovonligidagi o‘rni, xalqaro qonunchilik maydonidagi mavqei xususida ham atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi