Янгиликлар
07
DEKABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2021-yilning dekabr oyi uchun Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sulaymanbekova Hilola Ulug‘bekovna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Sulaymanbekova Hilola Ulug‘bekovna – 1986-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
H. Sulaymanbekova mehnat faoliyatini 2007-yilda Guliston shahar 1-son davlat notarial idorasida stajyor-notarius lavozimidan boshlagan. 2009-2021-yillarda adliya tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
H.Sulaymanbekova 2021-yildan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sulaymanbekova Hilola Ulug‘bekovnani ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar hamroh boʻlishini tilaymiz.