Янгиликлар
Adliya_shonli_30_yil Adliya: kecha va bugun
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xabaringiz bor, O' zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-sonli qaroriga muvofiq 2021 yilning 1-oktyabrdan boshlab, respublikamizning barcha shahar va tumanlarda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil qilindi.
Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi huzurida ham 11 ta tuman (shahar)da 41 ta shtat birligida yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan Favqulotda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarix va bugungi kun haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda Guliston shaha yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Uchqun Tursunmuratov ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi