Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Maʼrifat soati” oʻtkazildi


Xodimlar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirishda “Maʼrifat soatlari”ning ahamiyati katta.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼrifat soati”da Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi bosh maslahatchisi B. Norboyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun boʻsh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi, yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, kelishish va xulosalarni olish vakolatli organlar tomonidan faqat “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshirish tartiblari atroflicha tushuntirildi.

Boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga va mulk huquqi asosida berishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar bahs-munozaraga sabab boʻldi.

Qaror mohiyati tarqatma materiallar – buklet va flayerlar yordamida tushuntirilishi tadbirning samaradorligi va taʼsirchanligini oshirishga xizmat qildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi