Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Boyovut tumanidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga Prezident tabrigi, bayram sovgʻalari va bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qarorga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan oilalarga, shuningdek, 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi, 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasi oladigan oilalarga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam pullari tarqatilmoqda.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Salohiddin Sattarov hamda boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari Adham Shayjigitov, Safarboy Tog'ayev tomonidan Boyovut tumanidagi Usmon Yusupov, Mirishkor, Yangiobod, Amir Temur mahallalarida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga Prezident tabrigi, bayram sovgʻalari va bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi.

Ha, yangi 2022-yil yurtimizda mana shunday xayrli ishlar bilan qarshi olinmoqda. Bu ezgu amallar insonlarning dillariga mamnunlik ulashish barobarida, xonadonlarga yangi yil shukuhini olib kirgani, shubhasiz.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi