Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya boshqarmasi boshlig‘i Boyovut tumanida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, Prezident sovga‘alari va tabrigini yetkazdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qarorga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan oilalarga, shuningdek, 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi, 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasi oladigan oilalarga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam pullari tarqatilmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov Boyovut tumani Usmon Yusupov mahallasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ushbu oilalarni yaqinlashib kelayotgan “Yangi yil” bayrami bilan muborakbod etdi hamda Prezident tabrigi, bayram sovgʻalari va bir martalik moddiy yordam pullarini topshirdi.

  • Yangi yilni qanday kutib olsang, yil davomida shu kayfiyat hukmron bo'ladi deyishadi. Bayram arafasida bizga qaratilgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan boshimiz koʻkka yetdi. Xayrli va savobli ishga bosh qoʻshganlar omon boʻlsin, - deydi boyovutlik otaxon Mahmud Absalamov.

    Hazrat Alisher Navoiy yozadilar:

    Kimki bir koʻngli buzuqning xotirin shod aylagay,   Oncha borkim, Kaʼba vayron oʻlsa, obod aylagay.

    Ha, mana shunday xayrli ishlar orqali insonlarning dillariga mamnunlik ulashildi. Eng muhimi, xonadonlarga yangi yil shukuhi kirib bordi.

    Bu kabi xayrli tadbirlar viloyat boʻylab davom etmoqda.


    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi