Янгиликлар
10
Sayyor qabul – xalq bilan yuzma yuz muloqot
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni yuzma-yuz muloqot asosida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S. Sattarov tomonidan tuman darajasidagi tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumani “Yangi hayot” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida bir qator muammoli masalalar, jumladan uy-joy, moddiy taʼminot, ishga joylashish, taʼlim sohasidagi masalalar, tibbiyot yoʻllanmalari orqali davolanish, mehnatga doir nizolar, tadbirkorlik faoliyati va boshqa sohalardagi muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
-Bugun fuqarolarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarning mutasaddilar tomonidan joyiga borib oʻrganilayotgani, amaliy yordam koʻrsatilayotgani aholini mamnun qilmoqda, - deydi adliya boshqarmasi boshligʻi S. Sattorov.
Shuningdek, murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, ularga qonunan yondashish, pirovardida ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qilish, bu masalada har bir rahbar va mansabdor shaxs chuqur masʼuliyat his etishi zarurligi alohida aytib oʻtildi.
Tadbir davomida jami 51 ta murojaat kelib tushdi, shundan 16 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, oʻrganish talab qiladigan 35 ta murojaat boshqarmaning ish yurituviga olindi.
Shu kuni jismoniy va yuridik shaxslarga Oqoltin tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Eʻtiborlisi, tumanning chekka hududida oʻtkazilgan ushbu sayyor qabul aholining muammolarini o'rganish barobarida, ularga huquqiy yechim topish imkonini ham berdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi