Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon!


Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganining 29  yilligi munosabati bilan Guliston shahar 6-umumta’lim maktabida “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma’rifat bo'limi boshlig‘i Dilnoz Umurzoqova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Darhaqiqat, madhiya mamlakat suverenitetini ifodalovchi muqaddas timsoldir. U xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etadi. Madhiyamiz yangraganda biz ruhan joʻshqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda gʻurur va buyuk istiqbolga ishonch tuygʻusini his etamiz.
Tadbirda madhiyaning yaratilish tarixi haqida atroflicha soʻz yuritilidi. Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʻzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, navqiron avlodning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada fayzli bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi