Янгиликлар
Adliya boshqarmasida Guliston shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi
Bugun Adliya boshqarmasida Guliston shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.
Tarbiyalanuvchilar dastlab boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, tarkibiy boʻlinmalarda ish jarayonining borishini kuzatdilar.
Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ularning yuridik taʼlimga hamda yuridik sohaga boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida adliya xodimlari tomonidan taqdimotlar ham tashkil etildi.
Tadbir mobaynida konstitutsiyaga oid savol-javoblar uyushtirildi, test savollari orqali tarbiyalanuvchilarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Adliya va yoshlar uchrashuvi taassurotlarga boy bo‘ldi. Eng muhimi, “Kim bo‘lsam ekan?” degan savolga aksar yoshlar javob topa oldi, huquqshunos bo‘lish istagi murg‘ak ko‘ngillarda kurtak yozdi.
Tadbir soʻngida yoshlarga Adliya boshqarmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi