Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ochiq_eshiklar_kuni


“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida adliya boshqarmasida “Korrupsiya - taraqqiyotimizga toʻsiq” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda jurnalist va blogerlar, davlat organlari va tashkilotlarining masʼul xodimlari, , bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Saloxiddin Ulugʻbekovich Sattarov kirish soʻzi bilan ochdi va boshqarib bordi.
Darhaqiqat, korrupsiya – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish demakdir.
Muloqotda Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi hamda bu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilishi, buning uchun, eng avvalo, har bir davlat tashkilotining oʻzi tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyani oldini olish boʻyicha aniq harakatlarni amalga oshirishi, turli xavf-xatarlarni baholashi ulardagi korrupsiyaviy omillarni minimal darajaga tushirishi lozimligi taʼkidlandi. 
Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi.
Xususan, qonun ijodkorligi sohasida 2021-yil davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 265 ta taklif kiritilgan.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 33 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholi, xususan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirish, sohaga oid huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan jami 520 marotaba targʻibot tadbirlari, shundan 320 marotaba OAV orqali, 175 marotaba joylarda ogʻzaki targʻibot tadbirlari va 25 marotaba koʻrgazmali targʻibot tadbirlari shaklida amalga oshirildi. Matbuot anjumani savol-javoblar bilan yanada qizgʻin tus oldi. 
 “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tadbir ishtirokchilari adliya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Adliya organlari va muassasalari maʼmuriy binolarida jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning vakillarini qabul qilishda video va audioga yozib olish tizimi joriy etilganligi aks etgan bannerlar, har bir xodim ish stolida korrupsiyaga qarshi kurashish gʻoyasi ifodalangan targʻibot materiallarining mavjudligi ishtirokchilarning eʼtiborini tortdi va bu adliya organlarining ochiqlik va shaffoflik prinsipi asosida faoliyat olib borayotganining yana bir amaliy tasdigʻi boʻldi. 

Xulosa oʻrnida aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada mustahkamlash korrupsiyaga qarshi murosasiz boʻlishning kafolati sanaladi. Mazkur tadbirda ana shu masalalarga alohida urg'u berildi.


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi