Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI


 Boyovut tuman adliya bo’limi tomonidan 1-sonli kasb-hunar maktabida 8- dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda “Konstitutsiya tarixi, buguni va kelajagi’’ mavzusida  ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, tadbirda davlat ramzlarining  ahamiyati to’g’risida fikr-mulohazalar bildirilib, "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Bundan tashqari, tadbir mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan  “9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatiga ham to’xtalib otildi.

Keng qamrov kasb etgan ushbu tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo’lidi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi