Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

MADHIYAM - FAXRIM, G'URURIM


Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Madhiyamiz yangraganda ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatni, g‘urur va istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

Xovos tuman adliya bo'limi tomonidan “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” mavzusida tashkil etilgan tadbir tumandagi 1-son kasb-hunar maktabi o'quvchilarining qalbida milliy ramzlarimizga hurmat va faxr tuyg'ularini jo'sh urdirgan bo'lsa ajab emas.

Tadbirda tuman adliya bo'limi boshlig'i Ixtiyor Qayumov tomonidan "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushhuntirildi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Madhiyada mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ullar tarannum etilgan.

Uchrashuv davomida davlat ramzlarining muqaddasligi, ular yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishi haqida o'quvchilarning ham fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashildi. Tadbir taassurotlarga boy bo'ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi