Янгиликлар
ONSTITUTSIYA - BOSH QONUNIMIZ, MADHIYAMIZ - FAXRIMIZ, G'URURIMIZ
Viloyat endokrinologiya dispanserida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Unda Guliston shahar adliya bo'limi boshlig'i Nazar Qarshiboyev ishtirok etdi hamda asosiy qonunimiz demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimizning osoyishta, farovon turmushini taʼminlash, mamlakatimizning butun dunyo miqyosidagi mavqeini yuksaltirishda qudratli huquqiy poydevor ekanligini alohida ta'kidladi.
- Konstitutsiyamizning sahifalarini varaqlarkanmiz, birinchi navbatda inson huquqlari va qonun ustuvorligi hamda demokratiya tamoyillari mujassam boʻlganligiga iqror boʻlamiz. Har bir davlat oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini oʻzining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi, - dedi N.Qarshiboyev o'z ma'ruzasida.
Shuningdek, tadbir davomida Konstitutsiyamizning 5-moddasiga alohida to'xtalib o'tildi, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo'lish, ramzlar davlat mustaqilligining timsoli, har bir fuqaroning faxru-g'ururi ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi