Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Oqoltin tuman adliya boʼlimi tomonidan Oqoltin tumani kasb-hunar maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Oqoltin tuman adliya boʼlimi tomonidan Oqoltin tumani kasb-hunar maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Oqoltin tuman adliya bo’limi boshlig’I Hokimbek Erkaboyev tomonidan Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, inson huquqlarini himoya qilish, davlat va jamiyat rivoji, mamlakat fuqarolarining porloq kelajagini ta’minlashda asosiy  qonunimizning tutgan o’rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  
Tadbir mobaynida o’quvchi yoshlar tomonidan vatanni, mustaqillikni madh etuvchi she’rlar o’qildi. Musiqiy va teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari tadbirning yuqori saviyada o’tishi uchun xizmat qildi.
Tadbir nihoyasida faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.