Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" shiori ostida tanlov bo‘lib o‘tdi.


Bugun Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda viloyati yuridik texnikumi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" shiori ostida tanlov bo‘lib o‘tdi.

Unda texnikum o‘quvchilari tomonidan tuzilgan 8 ta jamoa ishtirok etdi.

3 bosqichli shartlar asosida tashkil qilingan ko‘rik tanlovda 1-o‘rinni "Qonun himoyachilari" jamoasi, 2-o'rinni "Adolat" jamoasi, 3-o‘rinni "Lawyer" jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan yoshlar uchun savol berilib to‘g‘ri javob egalari taqdirlandi.