Янгиликлар
07
Konstitutsiya baxtimiz poydevori
Xovos tumanidagi 14-BMSMda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini o‘zida mujassam etgan.
Tadbirni tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Kayumov ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 8 dekabr xalqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biri ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiya o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizning inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan mustaqil va suveren davlatga aylanishida asosiy dasturil amal bo‘ldi – deya so‘zini yakunladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar yangradi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bunday tadbirlarning tashkil etilishi yoshlarimizning Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xovos tumani bo‘linmasi