Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

#gʻururimmadhiyam, #faxrimmadhiyam

“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Sirdaryo filialida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan mazkur tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi H. Sulaymanbekova ishtirok etdi. 
Muloqotda konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat ekanligi, Bosh qomusimizda eng ilgʻor davlatlarning konstitutsiyaviy tajribasi, xalqimizning maʼnaviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi ifodalangani taʼkidlandi.

Tadbir nihoyasida tashkilot xodimlari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarning ijro etilishi davraga zeb bagʻishladi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi