Янгиликлар
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizning 29 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
Asosiy qonunimiz Mustaqil Oʻzbekistonimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlugʻ sana - 8-dekabr har yili umumxalq bayrami sifatida keng nishonadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbir ham Konstitutsiyamizning 29 yilligiga bagʻishlandi.
Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Saloxiddin Sattarov kirish soʻzi bilan ochdi.
- Kamtarona mehnatim ulugʻlanganidan, bugungi eʼtibordan behad mamnunmiz. Ushbu ragʻbat bizga katta masʼuliyat yuklaydi, - deydi boshqarmaning Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Davron Burxonov.
- Kasbimni juda yaxshi ko'raman. Kuniga har xil odamlar bilan muloqotda bo'laman, bu menga zavq beradi. Bugun kamtarona mehnatim e'tirof etildi, shu kasbni tanlaganimdan yanada yuksaldim, - deydi Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius Qahramon Qarshiboyev.
- Dunyoda qonunlar koʻp. Lekin, jamiyat hayotida doimo muhim oʻrin tutadigan shunday ustuvor hujjat borki, u xalqning, kelajak avlodning taqdirini belgilab beruvchi poydevor boʻladi, davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadi, - dedi S.Sattarov o'z ma'ruzasida. - Konstitutsiyamizning asosiy xususiyatlari u insonni, uning hayotini, erkinligini, shaʼni va qadr-qimmatini oliy qadriyat deb eʼlon qilganligi, inson manfaatlari, uning huquqlari va erkinliklarining davlatnikiga nisbatan ustuvorligini tan olganligi, xalqni hokimiyat manbai deb eʼtirof etganligidir.
Shundan soʻng tadbirning tantanali qismi boshlandi. Samarali mehnati, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasini rivojlantirishda qoʻshayotgan hissasi uchun Tashkiliy nazorat va tahlil ishlari bo'limi boshlig'i Aziz Mavlonov Oʻzbekiston Respulikasi adliya vazirining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda qoʻshayotgan hissasi uchun Boshqarma hamda uning tizimidagi idoralarda faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi bir guruh notariuslarga ham Siradryo viloyat notarial palatasining faxriy yorliqlari topshirildi.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni jonajon mamlakatimizda erkinlik va ozodlikni, mustaqillik va hurlikni tantanali tarzda oʻzida namoyon etuvchi asosiy qonunimiz - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi