Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiyasi - baxtimiz qomusi


Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Guliston davlat universitetida Tibbiyot fakulteti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Fakultetda hozirgi kunda jami 71 nafar talaba davolash ishi va pediatriya ishi yoʻnalishlarida taʼlim olishmoqda. 

8- dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan mazkur fakultet talabalari uchun maʼnaviyat soati tashkil qilindi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi yetakchi maslahatchisi H.Sulaymanbekova ishtirok etdi. Tadbir davomida Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, mamalakat hayotida tutgan oʻrni, fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqi va erkinliklari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, muloqotda Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, xususan ichki ishlar organlarida, taʼlim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, xorijiy davlatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar oʻtkazgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari yuzasidan maʼlumot berildi. 

Tadbir soʻngida talabalar tomonidan vatanni madh etuvchi sheʼrlarning oʻzbek, rus, ingliz tilida ijro etilishi davraga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi