Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Biz korrupsiyaga qarshimiz!


“Rahbarlar hammamiz qotgan non yesak ham odamlarga o‘zimiz o‘rnak bo‘lolsak, o‘zgarish bo‘ladi”.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev  

Muhtaram Prezidentimiz o‘z ma'ruzalarida “Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, taʼlim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalganligi, misol uchun, tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanayotganligi, ko‘plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas”ligini qayd qilgan edilar.

Shuningdek, Prezidentimiz Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomalarida korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini taʼkidlab, unga qarshi kurashishga masʼul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Аgentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Аdliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.

Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Yaʼni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni  korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.

Masalan, Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda mazkur davlatda byurokratik jarayonlar yengillashtirilib, sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). Shu bilan birga  korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar olib chiqdi.

Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim, o‘rta taʼlim, o‘rta maxsus taʼlim va oliy taʼlimga berilayotgan katta eʼtibordan kelib chiqib, profilaktika ishlarini bog‘cha yoshidan boshlasak, ularga bu kabi holatlarning qay darajada yomon illat ekanligi yuzasidan tegishli tushuntirishlarni berib boradigan bo‘lsak, yurtboshimiz tomonidan ko‘zlangan maqsadga albatta erishamiz. Bu esa o‘z navbatida  korrupsiya degan baloning tomiriga bolta urish demakdir.

                       

Safarboy Tog‘aev,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari