Янгиликлар
Milliy ramzlarimiz — Vatanimiz suvereniteti, porloq kelajagimiz timsollari
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo'ylab O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shirin shahar adliya boʼlimi, Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Shirin shahar bo‘limi hamda O‘zMTDP Shirin shahar kengashi bilan hamkorlikda 1-son umumtaʼlim maktabida o'tkazilgan seminar ham bosh qonunimiz - Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadiga qaratildi.
Tadbir davomida Konstitusiyaning yaratilish tarixi, unda belgilangan jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaхs oʻrtasidagi munosabatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Konstitutsiyamizning 5-moddasida qayd etilganidek, O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari — bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega.
Uchrashuv mobaynida milliy ramzlarimiz — Vatanimiz suvereniteti, xalqimizning nafaqat azaliy umid va istaklari, balki porloq kelajagi timsollari ekanligi, ularni hurmat qilish, asrash fuqarolik burch ekanligi alohida ta'kidlandi.
Bundan tashqari, tadbirda “Korruptsiya - rivojlanishimizga to'siq” mavzusida ma'ruzalar qilindi, mavzuga doir targ'ibot materiallari tarqatildi.
Tadbir savol-javob, qiziqarli viktorinalar bilan o'ziga xoslik kasb etdi. Faol ishtirokchilar rag'batlantirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi