Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Konstitutsiya erkinlik, adolat va tenglikning mustahkam huquqiy poydevori


Guliston shahar adliya bo`limi tomonidan Sirdaryo viloyati metrologiya boshqarmasi xodimlari uchun targ'ibot tadbiri tashkil etildi. 

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligiga bag'ishlangan mazkur tadbirda bosh qonunimizning inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamiyat taraqqiyoti uchun mustahkam huquqiy asos ekanligi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv mobaynida soha xodimlari qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi.

Jumladan, “O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi O'RQ-720-sonli Qonuni, “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-729-son Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to'g'risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 708-son qarori mazmuni-mohiyati targ’ibot qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi