Янгиликлар
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qiladi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi quyidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:
1.Xovos tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi
2.Sirdaryo tuman yetakchi maslahatchisi
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar 2021-yilning 18-dekabr kuniga qadar belgilangan namunadagi ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxalarini http://vacancy.adliya.uz elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.
(murojaat uchun telefon: 67/ 226-07-20)
Tanlov quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
- nomzodlarning vakant lavozimlarga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini oʻrganish;
- test sinovlarini oʻtkazish;
- suhbat.
Birinchi bosqichda nomzodlarning hujjatlari vakant lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi oʻrganiladi va faqat malaka talablariga toʻliq mos kelgan nomzodlar keyingi bosqichga oʻtadi.
Ikkinchi bosqichda nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maʼnaviyat va maʼrifat, siyosat va huquq boʻyicha bilim va koʻnikmalari test sinovidan oʻtkaziladi.
Test natijalariga koʻra 71 foizdan yuqori toʻplagan nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Uchinchi bosqichda Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarning shaxsiy va kasbiy koʻnikmalariga baho berish maqsadida suhbat oʻtkaziladi.
Tanlov komissiyasi aʼzolari tanlov natijalariga koʻra har bir nomzodni baholaydi.
- Ishga qabul qilishda ustunlik tanlov natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzodga beriladi, agar tanlov natijasiga koʻra nomzodlar toʻplagan ball teng boʻlsa, Tanlov komissiyasi raisining xulosasiga asoslanib, yakuniy xulosa beriladi.
Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar boʻyicha nomzod vazirlik markaziy apparatidan suhbatdan oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarga lavozim boʻyicha nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
1) oliy maʼlumotga ega huquqshunos;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;
3) davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi);
4) yuklatilgan vazifalarni mustaqil va koʻmaksiz bajara olish;
5) odob-ahloq normalariga rioya etadigan;
6) kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish;
7) shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
— oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga
3 000 000 soʻmdan 4 000 000 soʻmgacha tashkil etadi.
Tanlov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi binosida oʻtkaziladi.
Manzil: Guliston shahri, Sayxun koʻchasi, 16-uy.
Moʻljal: Sirdaryo viloyati Mudofaa boshqarmasining yangi binosi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar boʻlimi