Янгиликлар
03
konstitutsiya_bayrami
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami mamalakatimizda keng miqyosda tantana qilinmoqda. Sana munosabati bilan ta’lim muassasalarida davra suhbatlari, uchrashuv va seminarlar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda. Boyovut tumanidagi 42-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib ochiq dars o‘quvchi yoshlarning konstitutsiya haqidagi bilimlarini mustahkamlash, bosh qomusimizga hurmat tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbirda Boyovut tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi Jamshid O‘rinboyev o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyoti, insoh huquq va erkinliklari himoya qilishdagi ahamiyati haqida keng tushunchalar berdi.