Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

NOYABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


   Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2021-yilning noyabr oyi uchun Boyovut tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Ismoilov Abdumannon Xalilovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi. 
     Ismoilov Abdumannon Xalilovich – 1980-yilda Sirdaryo viloyati 
Xovos tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan.
     A.Ismoilov mehnat faoliyatini 1999-yilda Boyovut tumani 2-ijtimoiy fanlarga moslashgan maktab internati oʻqituvchisi lavozimidan boshlagan. 
2009-2017-yillarda sud-huquq sohasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 
    A.Ismoilov 2018-yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 
    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Ismoilov Abdumannon Xalilovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyat hamroh boʻlishini tilaydi.