Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi


Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Madaniyat bo'limi xodimlari uchun targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan mazkur tadbirda bosh qonunimizning inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamiyat taraqqiyoti uchun mustahkam huquqiy asos ekanligi alohida ta'kidlandi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning yuridik kuchi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida soha xodimlari qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi. Jumladan, “O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish haqida” O’RQ-720-sonli Qonuni, “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-729-son Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi “Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to’g’risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 708-son qarori mazmuni-mohiyati targ’ibot qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi