Янгиликлар
“Vatan taqdiri – mening taqdirimda” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Vatan taqdiri – mening taqdirimda. Guliston olimpiya zahiralari kollejida tashkil etilgan tadbir shunday nomlandi. Tadbirda adliya boshqarmasi bo'lim boshliqlari Dilnoz Umurzoqova, Davron Burxonov, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i Alisher Turdiboyev, sudyalar Kamol Namozov, Anvar Jo'raboyev ma'ruza bilan ishtirok etdilar.
Yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, siyosiy-huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbir keng qamrov kasb etdi.
Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shundan soʻng, shaxsiy huquq va erkinliklar, saylov qonunchiligi, qonuniy migratsiyani amalga oshirish qoidalari, huquqbuzarliklar profilaktikasi haqida keng maʼlumotlar berildi.
Aytish mumkinki, muloqot har jihatdan foydali boʻldi, ayniqsa, jarayonda koʻrgazmali targʻibot materiallari - videorolik va slaydlardan foydalanilganligi yoshlarni zeriktirmadi, ularga motivatsiya berdi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi