Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni


Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo viloyat filialida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganliginig 29-yilligi munosabati bilan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning qadriyatlarimizga va urf-odatlarimizga chambarchas holda ishlab chiqilganligi, bunda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribaga tayanilganligi xususida atroflicha ma'lumotlar berildi.

- Bosh qomusimiz yurtimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etishda eng muhim va mustahkam huquqiy asosdir, - deydi Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Farangis Muhammadiyeva.

Uchrashuv mobaynida Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni ekanligi bot-bot tilga olindi. Tadbir qizg'in savol-javob, munozaraga boy bo'ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi