Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

KORRUPSIYA - RIVOJLANISHIMIZGA TO‘SIQ


KORRUPSIYA - RIVOJLANISHIMIZGA TO‘SIQ

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida "Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq" mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamda boshqarmaning shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya va soha xodimlarining obro‘siga putur yetkazuvchi har qanday illatlarning oldini olish dolzarbligi, vazifa va burchni vijdonan ado etish, sidqidildan faoliyat yuritish, doimo ogoh bo‘lish xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, hech bir qonunbuzilish holati nazardan chetda qolmasligi, jinoyatga jazo muqarrarligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bu kabi profilaktik tadbir xodimlarning ogohligini oshirishga, faoliyat davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka zamin yaratadi.

Tadbir adog’ida “Xiyonat” nomli hujjatli film namoyish etildi.