Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Vatan taqdiri - mening taqdirimda


Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida Guliston davlat universitetida “Vatan taqdiri - mening taqdirimda” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Sirdaryo viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi va viloyat sudi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur tadbir mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlarda vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi qonuni, “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori hamda Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi. Xususan, korrupsiya - davlat va jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq ekanligi, u demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, erkin bozor faoliyatiga, odamlar xavfsizligiga taxdid soluvchi illat ekanligi taʼkidlandi.
Targ‘ibot tadbiri keng ko‘lam kasb etdi. Tadbir davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolarning Bosh Qomusimizda kafolatlangan ijtimioy-iqtisodiy, shaxsiy va siyosiy huquqlari, burchlari toʻgʻrisida atroflicha soʻz yuritildi.
Tadbir davomida Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan umummilliy Konstitutsiya imtihonida ishtirok etish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi, erta turmush qurish va yosh oilalarning ajralishining oldini olish, yoshlarning bilim olishida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

Muloqot soʻngida talabalarni qiziqtirgan savollarga soha vakillari tomonidan batafsil javob berildi hamda mavzuga doir tarqatma materiallar – flayer va bukletlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi