Янгиликлар
29
Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Sattarov Saloxiddin Ulugʻbekovich Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasida tadbir tashkil qilindi.

Unda adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A. Karimov, viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishdi.
Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan S.Sattorovning tarjimai holi bilan tanishtirdi hamda adliya organlari oldida turgan sharafli va masʼuliyatli vazifani vijdonan bajarib, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlidagi ishlarida omad tiladi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Salohiddin Ulugʻbekovich Sattarovni ushbu tayinlov bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.