Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Vasiyatnoma tuzish tartibi qanday? Adliya boshqarmasida tashkil etilgan seminarda mavzu muhokamalar markazida bo'ldi


Vasiyatnoma — yozma vasiyat; fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulki yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqi vafot etgan takdirda tasarruf etilishiga doir xohish-irodasi ifodalangan xujjat. Oʻzbekiston Respublikasi FK 1120-moddasiga binoan, fuqaro oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini Qonun buyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin. Bu haqdagi Vasiyatnoma qonunga muvofiq, shaxsan tuzilishi lozim, uning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi, vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, notarial tasdiqlangan boʻlpshi zarur. Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli Vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius yoki qonunga muvofiq Vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir boʻlganida, vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablari koʻrsatilgan holda Vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin. 
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan oʻquv seminari vasiyatnoma va unung huquqiy asoslarinin tushuntirish maqsadiga qaratildi.

Unda adliya boshqarmasining notariat sohasi boʻyicha mutaxassislari va malakali notariuslar, sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirok etdilar. 

Seminarda vasiyatnoma tuzish tartibi, qonun-qoidalari batafsil tushuntirildi.


Sirdaryo viloya adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi