Янгиликлар
01
Sirdaryoda nodavlat notijorat tashkilotlar soni yana bittaga ortdi
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston belbogʻli, bel olish kurash va uch kurash milliy assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazildi.
Mazkur assotsiatsiyaning maqsadi Oʻzbekistonda sportning belbogʻli, bel olish kurash va uch kurash turini yanada rivojlantirish, ommaviylashtirish, targʻib qilish hamda oʻz aʼzolarining huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.