Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni !


Bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiya balosidir. Mamlaktimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 1 dekabr kuni “О‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo hududiy bо‘limiva «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»AJ jamiyat ishchi–xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish" mavzusida seminar-trening bо‘lib о‘tdi.  Oʼtkazilgan tadbirda Sirdaryo viloyat prokuraturasi, Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etib, bugungi kunda tizimida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yо‘l qо‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borish va uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ faoliyati ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olishda jamiyat va uning tarkibidagi xodimlariga har bir xodimi faollik ko‘rsatishi lozimligi, Ushbu illatga qarshi kurashda doimo ogoh bо‘lib, barcha xodimlar yoki har bir fuqaro о‘z ishiga vijdonan yondashsa, korrupsiyaning ayanchli oqibatlarini tushunsa, bu jinoyatni kamayishiga erish mumkinligi haqida so’z yuritildi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati