Янгиликлар
01
“9-dekabr- Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
“9-dekabr- Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” hamda “1-dekabr –OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi X. Sulaymonbekova, viloyat OITSga qarshi kurash markazi infeksionist vrachi Sh.Shaminova hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.
Soʻzga chiqqanlar tomonidan korrupsiya – illat, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi,korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biri ekanligi, uni oldini olish va doimo ogoh boʻlish kabi fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tadbirda OITS kasalligi, ushbu kasallikning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida fikr-mulohazalar bildirilib, yigʻilish qatnashchilarining mavzular bo'yicha savollariga tegishli javoblar berildi.