Янгиликлар
Adliya aralashgach...
Boyovutlik fuqaro Orungul Suloymonova koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida ishlaydi. U tegishli buyruq bilan COVID-19 virusi bilan kasallangan va gumon qilingan bemorlardan tahlil olish uchun laboratoriya guruhi a'zosi sifatida jalb qilingan. Biroq, mazkur vazifani bajarganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 6 foizlik pul mablagʻlari toʻlab berilmagan.
Mazkur holatdan norozi boʻlgan Orungul Sulaymonova amaliy yordam soʻrab Boyovut tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Ushbu murojaat adliya bo'limi tomonidan o'rgailganga arizada keltirilgan vajlar asosli ekanligi tasdig'ini topdi.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar joriy qilish belgilangan.
Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-apreldagi 20-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidimiologiya xizmati va boshqa xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga koʻra kunlik qoʻshimcha toʻlov, maxsus toʻlov va bir yoʻla beriladigan toʻlovlar barcha tibbiyot, sanitariya-epidimiologiya xizmati va boshqa tashkilotlar xodimlariga nisbatan tadbiq etilishi belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 154-moddasiga koʻra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar xodimga bajargan ish uchun, haqini belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq mehnat kodeksining 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shartligi belgilangan.
Yuqoridagilarga koʻra, adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi. Natijada sud buyrugʻi bilan Orungul Suloymonova foydasiga hisoblangan, lekin to'lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha 20.109.232 so'm miqdorida qarzdorlik toʻlab berilishi belgilandi.
Atabek Xalmatov,
Boyovut tuman adliya boʻlimi boshligʻi