Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xodim ish haqini ololmay yurgan edi, adliya yordam berdi


Xovos tumani, Parchayuz mahallasida yashovchi fuqaro Komiljon Tojiqulov 2021-yil 3-may kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar toʻliq xoʻjalik hisobidagi dizenfeksiya stansiyasida dizinstruktor lavozimiga ishga qabul qilingan edi.

 Biroq, xodimga may, iyun va iyul oylari uchun ish haqi toʻlab berilmadi. Ish haqini toʻlab berish yuzasidan tashkilot rahbariga bir necha bor ogʻzaki murojaat qildi, ammo foydasi boʻlmadi. 

 Shundan soʻng, Komiljon Tojiqulov qonuniy ish haqini undirib berishda amaliy yordam soʻrab Yangiyer shahar adliya boʻlimiga murojaat qildi.

 Mazkur murojaat oʻrganilganda, K.Tojiqulovning shikoyati asosli ekanligi, haqiqatan ham unga toʻlanishi lozim boʻlgan 2 million 100 ming soʻm miqdordagi ish haqi toʻlab berilmagani maʼlum boʻldi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 154-moddasida ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼiy nazar, hodimga bajarilgan ish uchun haqini belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq toʻlashga majburligi koʻrsatilgan.

 Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi 88-sonli qarorida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilangan.

 Yuqoridagilarga koʻra, adliya boʻlimi tomonidan K.Tojiqulov manfaaatida fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi. 

 Natijada dizenfeksiya stansiyasi hisobidan K.Tojiqulov foydasiga 2.100.000 soʻm miqdordagi ish haqini undirish buyicha sudi buyrugʻi chiqarilib, xodimning ish haqi toʻliq undirib beriladigan boʻldi.


Laziz Xudoyqulov, 

Yangiyer shahar adliya boʻlimi boshligʻi