Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid


Korrupsiya – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish bugun har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi,  Adliya boshqarmasi, sud idoralari hamkorligida Guliston olimpiya zahiralari kollejida tashkil etilgan huquqiy targ'ibot tadbirida ayni mavzu doirasida so’z bordi.

Ta'kidlanganidek, korrupsiya bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Korrupsiyaga barham bermasdan turib, taraqqiyotga erishib bo’lmaydi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshu kurashish bo'yicha qabul qilingan bir qator qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida keng ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, muloqoqt davomida yigʻilganlarga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, unga chek qoʻyish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi aniq hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi bo'lim boshliqllari Dilnoz Umurzoqova, Davron Burxonov, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i Alisher Turdiboyev, sudyalar Kamol Namozov, Anvar Jo'raboyev ma'ruza bilan ishtirok etdilar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi