Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Tayinlov


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Sattarov 1980 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Saloxiddin Sattarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.