Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Jaholatga qarshi ma'rifat qurolimiz


Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida diniy qadriyatlarni e’zozlash, islomning chinakam taraqqiyot, ilm-ma’rifat dini ekanini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlarimiz oniga singdirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent Kimyo Texnologiyalari Instituti Yangiyer shahar filialida tashkil etilgan "Jaxolatga qarshi ma’rifat" mavzusidagi davra suhbati ham ushbu ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib maqsadiga qaratildi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari I.Mo‘minov, Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev hamda boshqa mutasaddilar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi, fikr-mulohazalar yuritildi.

Uchrashuvda yoshlarga diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi illatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida yoshlarga kehg tushunchalar berildi. “Missionerlik, aqidaparastlik, yot g`oyalarga qarshi kurash immunitetini shakllantirish” mavzularida pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida qizg`in bahs va munozaralar yuritildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi