Янгиликлар
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jamshidxon Nuritdinov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Adliya boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi
- Kasbiga muhabbatli inson o'z mehnatidan charchamaydi, balki rohatlanadi. Kasbi tufayli atrofdagilarga yordami tegsa, inson o'zini baxtli sezadi. Ana shunda ishida unum va baraka bo‘ladi, faoliyati davomida yutuq va muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu Jamshidxon Nuritdinovning hayotdagi shiori edi.
Sohadagi mehnat faoliyatini 2004-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan Jamshidxon Nuritdinov iqtidori, bilimi, aql-zakovati bilan rahbarlik darajasiga yetib keldi. Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan 2019-yil 19-yanvarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
J.Nuritdinovning Adliya boshqarmasidagi salkam uch yillik samarali faoliyati mobaynida Boshqarma respublika hamda viloyat darajasida o'z orni va nufuziga ega bo'ldi.
Chindan ham, Jamshidxon Nuritdinov jamoaning odil va fidoyi rahbari, eng yaqin do‘sti va maslakdoshi sifatida sohaga salohiyatli kadrlarni jalb qilish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish borasida jonbozlik ko’rsatdi.
Jamshidxon Nuritdinov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Adliya boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Jamshidxon Mamutxonovichning fidoyiligi, ishchanlik salohiyati, insoniy fazilatlari alohida e’tirof etildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Jamshidxon Nuritdinovga mustahkam sog‘lik, kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Jamshidxon Nuritdinovga mustahkam sog‘lik, kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi