Янгиликлар
26
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan seminar tashkil etildi
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan shahardagi davlat organlari va tashkilotlari mas'ul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda dastlab, , markazning ikki oylik faoliyati davomida tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan yuridik tusdagi hujjatlar monitoringi, “E-huquqshunos” elektron hujjatlar aynalishida uchrayotgan muammolar, bu borada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.
Shuningdek, tadbir mobaynida Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazilayotganligi, imtihon shartlari, unda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi batafsil tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi