Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sirdaryoda “Konstitusiya bilimdoni” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


2021-yilning 25-noyabr sanasida Guliston shahridagi 1-son musiqa va san’at maktabi majlislar zalida o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston “Adolat” SDP “Yosh adolatchilar” qanoti tomonidan o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Konstitusiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashdan iboratdir.

Tanlov yakunida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich talabasi Gaffarov Zafar g‘olib deb topildi va tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.