Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Yangiyer shahar Tibbiyot kollejida "Korrupsiyaga yo‘l yo‘q" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi


              Sirdaryo viloyat hokimligining viloyatdagi ta’lim muassasalarida "Korrupsiyaga yo‘l yo‘q" mavzusidagi tadbirlar rejasiga asosan bugun Yangiyer shahrida joylashgan tibbiyot kollejida Sirdaryo viloyat Davlat test markazi, Yangiyer shahar hokimligi, shahar adliya bo‘limi, shahar din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida mas’ullar so‘zga chiqib yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdilar. Bunda shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i ishtirokchilarga korrupsion holatga duch kelganingizda avvalo tegishli idoralarga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tdi. Davlat test markazi tomonidan korrupsion holatlarning yuzaga kelishi, unga olib keluvchi omillar, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida videoroliklar ko‘rinishida o‘z ma’ruzasini tushuntirib berdi. Shundan so‘ng shahar din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunining yangi tahriri yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.


Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati