Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Korrupsiya - rivojlanishimizga to'siq” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi


Sirdaryo viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi, Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi hamkorligida Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to'siq” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
 Tadbirda, Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi  bosh yuristkonsultlari B.Kushbakov, R.Xolmuratov, Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i А.Baxromov, Sirdaryo viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar kotibiyati masʼul xodimi U.Аbdullaev, Sirdaryo viloyati IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili J.Xo‘jaqulov, tuman prokuraturasi katta tergovchisi D.Yunusov, mazkur texnikum o'qitubchilari, o'quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.