Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Bir_murojaat_izidan


Adliya organlariga kelib tushayotgan murojaatlar sonining kundan kunga ortib borayotganligi mazkur tizimga ishonchning mustahkamlanib borayotganidan darak beradi.

Albatta, kelib tushgan har bir murojaatni o'rganish, uning huquqiy yechimini topishda soha xodimlaridan bilim, iroda, eng muhimi, mas'uliyat talab etiladi.

Boyovutlik fuqaro K. Usmonovni kopdan beri bir muammo qiynab kelayotgan edi. U huquqiy maslahat so'rab Boyovut tuman adliya bo'limiga bordi. Gap shundaki, K.Usmonov 1986-2021-yillar davomida Boyovut tuman 31-umumtaʼlim maktabida xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. Uning vazifasini bajara oladigin xodim yoʻqligi sabab oʻttiz olti yildan ortiq davr mobaynida atigi 3 marotaba mehnat taʼtiliga chiqdi.

Boyovut tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirining 2021-yil 30-iyuldagi tegishli buyrugʻiga asosan K. Usmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Biroq bir necha bor xalq taʼlimi boʻlimiga murojaat qilishiga qaramay, turli bahonalar bilan sobiq xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan foydalanilmagan taʼtillar uchun kompensatsiya toʻlab berilmadi.

Qonuniy haq-huquqlari buzilayotganidan norozi boʻlgan fuqaro K. Usmonov huquqiy ko'mak so'rab Boyovut tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi. Ushbu murojaat boʻlim tomonidan oʻrganib chiqilganda xalq taʼlimi boʻlimi masʼul xodimlarining amaldagi qonunchilikdan yetarlicha xabardor emasligi, oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshganligi maʼlum boʻldi.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 151-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi belgilangan.

Natijada adliya boʻlimi tomonidan Boyovut tuman xalq taʼlimi boʻlimiga taqdimnoma kiritilib sobiq direktor oʻrinbosariga 34 yillik foydalanilmagan taʼtillar uchun 38 952 000 (oʻttiz sakkiz million toʻqqiz yuz ellik ikki ming) soʻm miqdorda kopmensatsiya undirib berildi.


A.Xalmatov,

Boyovut tuman adliya boʻlimi boshligʻi