Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mudofaa ishlari boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi


Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga barham berish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

Chunonchi, 2017-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yagona davlat siyosatining maqsadli va tizimli yoʻlga qoʻyilishi uchun huquqiy zamin yaratdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mudofaa ishlari boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tashkil etilgan seminarda mazkur Qonunning mazmun-mohiyatiga alohida urgʻu berildi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Davron Burxonov, Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Dilnoz Umurzoqova maʼruza bilan ishtirok etdilar.

Taʼkidlanganidek, korrupsiya taraqqiyotga gʻov. Uning turli koʻrinishlari jamiyatimizni yillar davomida yemirib keldi. Mamlakat taraqqiyotini oshirish uchun birinchi galda tanish-bilishchilik, korrupsiyaga barham berishga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar, bu borada yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatiga ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi. 

Shuningdek, tadbirda Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazilayotganligi, imtihon shartlari, unda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi batafsil tushuntirildi.

Tadbir savol-javob va munozaralarga boy boʻldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi